O‘zbekistonda 2024-yildan davlat oliy ta’lim muassasalarining barcha kurs talabalari yotoqxonaga joylashish uchun onlayn ariza topshirishi mumkin bo‘ladi. Hozircha bunday imkoniyat faqat 1-kurs talabalarida bor. “Gazeta.uz” ular uchun Yagona portal orqali ariza topshirish yo‘riqnomasini tayyorladi.
Oliy ta’lim vazirligi poytaxtda 48,9 ming talabaning turar joyga ehtiyoji mavjudligi, ular ijara shartlari asosida xususiy xonadonlarda yashayotganini ma’lum qildi. Shuningdek, yotoqxonadan joy berilmagan, poytaxtda uyi, yaqin qarindoshi bo‘lmagan va ijara uyi ham aniq bo‘lmagan 25 ming talaba bor.
2023/2024 o‘quv yilida 1-kurs talabalari, 2024/2025 o‘quv yilidan esa barcha kurs talabalari uchun davlat OTM yotoqxonasiga joylashish onlayn amalga oshiriladi.
Toshkentda yotoqxona muammosiga duch kelgan talabalar uchun Tashkent Index savdo majmuasida 10 ming o‘rinli yotoqxona tashkil etilishi aytilgandi. Hozirda talabalar yotoqxonalarga ko‘chishni boshlagan va bu yerda hayot qaynamoqda. «Gazeta.uz» muxbirlari Mirolim Isajonov va Madina A’zam reportaj tayyorladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting